XUBLIDHARVAR

XUBLIDHARVAR — Hindistonning Janub qismidagi shahar, Karnataka shtatida. Aholisi 825 ming kishi (2001). Transport yo’llari chorrahasi. Savdo-sanoat markazi. Mashinasozlik, ip gazlama sanoati, ko’nteri, sovun ishlab chiqarish korxonalari, temir yo’l ustaxonalari mavjud. Aeroport, universitet bor.