Xudo

Xudo — diniy sig’inish va e’tiqod qilishning ob’yekti sifatida namoyon bo’ladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda Xudo butun olamni yaratuvchi sifatida e’tirof etiladi. Xudo turli ta’limotlarda turlicha talqin qilinadi. Qadimgi diniy e’tiqodlarda Xudolarga sig’inish bo’lmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va usimliklarga topinilgan. Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda Xudo tabiatning o’zida, Xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki Xudo — yorug’lik, yaxshilik Xudosi Ahuramazda va qorong’ulik, yomonlik Xudosi Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qo’yilgan. Qadimgi Sharq dinlarida va boshqa politeistik dinlarda juda ko’p Xudolarga e’tiqod qilinib, ulardan biri bosh Xudo, qolganlari ikkinchi darajali Xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi Xudolar ierarxiyasi misol bo’la oladi. Monoteistik dinlarda bitta Xudoga sig’inilgan. Buddizmga dastlab Xudolarga sig’inish inkor etilgan bo’lsada, keyinchalik Buddaning o’zi Xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa Xudolar ham bor. Hinduiylikdya asosiy Xudolar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi Xudo — Yahva dastlab qabila Xudosi va mahalliy Xudo bo’lgan, qadimgi yahudiilarning birlashishi va yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning Xudosiga, keyinchalik esa qudratli, yagona Xudoga aylangan. Xristianlikda Xudo mohiyatan Yagona, lekin 3 qiyofada (otaxudo, o’g’ilxudo, muqaddas ruhxudo) namoyon bo’ladi. Islom dinida yagona va qudratli Xudo — Allohga e’tiqod qilinadi. Unga e’tiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. Xudoga e’tiqod qilish, Xudodan qo’rqish har qanday dinga xos.