Xudoyberganov Matpano
Xudoyberganov Matpano (taxallusi suxanvar; 1888, Xiva — 1960, Urganch) — xonanda (lirik tenor), sozanda (tanbur, dutor), maqomchi, shoir. Sozandalikni, xalq musiqasi va Xorazm maqomlarini otasi Xudoybergan muhrkan va Matyoqub Xarrashovdan o’rgangan. Sozchilar uyushmasi ansambli (192532), Urganch teatra (193234), milliy estrada (1934-40)da sozanda va xonanda, maqomchilar ansambli rahbari (1942-47). Xorazm maqomlari va suvora yo’llarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Xudoyberganovning keng ovoz diapazoniga asoslangan nafis xonandalik uslubi shogirdlari Boltaev, K.Otaniyozov, N.Yusupovalar ijrochiligida o’z aksini topgan. Xudoyberganovning rahbarligi va nazorati ostida San’atshunoslik institutida Xorazm maqomlarining ashula yo’llari (H. Boltaevdan Buzruk, K. Otaniyozov, K. Ismoilovlardan rost, Navo, Dugoh, Segoh) magnit lentasiga yozib olingan (1949-52). Shogirdi M.Yusupov Xudoyberganovdan o’rgangan xorazm maqomlarini to’la notaga olgan va nashr ettirgan (“O’zbek xalq musiqasi”, 6J., 1958; “Xorazm maqomlari”, 1-3 jild, 1980-87). Xudoyberganovning yozgan g’azallari Nasrulloyi, Nasri rost kabi maqom va an’anaviy suvora turkumidagi kuylarda aytiladi.