Xuey
Xuey (xuetuzu, tungan, dungan) — Xitoydagi xalq (asosan, Ninsya — Xuey Muxtor rayonida). 8,9 million kishi (1990-yil lar o’rtalari). Xitoy tili lahjasida so’zlashadi. Umumiy soni 7,6 million kishi. Etnogenetik jihatdan Markaziy Osiyodagi dunganlar bilan qardosh. Dindorlari sunniy musulmonlar. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, bog’dorchilik va chorvachilik.