Xums
Xums (Arabcha — beshdan bir) —Islom an’anasida musulmon qo’shinlari qo’lga tushirgan o’ljalarining beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar xazinasiga ajratilgan, qolgan qismini harbiy boshliqlar o’zlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk Islom davridayoq Qur’on oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u o’rta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida qo’llanilgan. Xums sifatida to’plangan mablag’larning beshdan bir qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini ta’minlashga, shuningdek, qo’shinlar xarajatlariga sarflagan. Xalifalar va keyingi hukmronlar davrida Xums xazinaga tushgan.