XUNVEYBINLAR

XUNVEYBINLAR (“qizil soqchilar”) — Xitoyda 1966 yilgi “madaniy inqilob” davrida tuzilgan otryadlarning qatnashchilari. O’rta maktab o’quvchilari va talabalardan tashkil topgan. Ulardan hamda szaofanlardan siyosiy va jamoat arboblarini jazolash uchun foydalanilgan. 1968 yil Xunveybinlar siyosiy sahnadan yo’qotidtsi. Keyinchalik Xunveybinlarning jinoyatlari Xitoyda qoralandi.