Xurshid Davron

Xurshid Davron (asl nomi Davronov Xurshid) (1952. 20.1, Samarqand viloyati Chordara qishlog’i) — O’zbekiston xalq shoiri (1999). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda ishlagan (1974— 94). Ma’naviyat va ma’rifat markazida rahbar o’rinbosari (1994-96). 1996 yildan O’zbekiston televideniesi “yoshlar” telekanalining bosh direktori. Dastlabki she’rlar to’plami — “Qadrdon quyosh” (1979). “Shahardagi olma daraxti” (1979), “tungi bog’lar” (1981), “To’maris ko’zlari” (bolalik (1986), “Qaqnus” (1987) va “bahordan bir kun oldin” (1997) kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. She’rlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan o’zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. Xurshid Davron so’zga, ifoda vositalari va she’riy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi. Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan ko’ra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U olis utmitshtsa yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi mo”tabar qo’lyozma manbalar bilan tanishdi va Bibixonim haqida “Samarqand xayoli” (1991), Ulug’bek haqida “Sohibqiron nabirasi” (1995), Shayx Kubro haqida “Shahidlar shohi” (1998) kabi tarixiy-ma’rifiy kissalarni yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda O’zbekistonda tarixiy o’tmishga bo’lgan munosabatning yana ham qizg’in tus olishiga munosib hissa qo’shdi. Xurshid Davron bunday tarixiy siymolar hayotini puxta o’rganib, ular haqida sahna asarlari ham yozdi. (“Mirzo Ulug’bek” — “Alg’ul”, 1995; “Boburshoh”, 1996). Xurshid Davron tarixiy mavzudaga bu asarlari bilan hozirgi o’zbek dramaturgiyasiga o’tmishda yashagan ajoyib vatandoshlarimizning yorqin obrazlarini olib kirdi. Xurshid Davron ayni paytda Samarqandda Amir Temurning 660, Ulug’bekning 600 yilligiga, Parijda “Odeon” teatrida Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismdan iborat “Temurnoma” videofilmi va “Buxoroyi sharif” (2 qismli) telefilmi stsenariylari muallifi. Sharq va G’arb shoirlarining asarlaridan iborat “qirq bir ishq daftari” (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan “dengiz yaproqlari” (1988) to’plamlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 2*chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997). As: Samarqand xayoli, T., 1991; Bahordan bir kun oldin [she’rlar, rivo- yatlar, tarjimalar], T., 1997; Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.