Xushnazarov Sapar
Xushnazarov Sapar (1906, hozirgi Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahri, Ingichka shaharchasi — 1943.7.10, Chernigov viloyati, Semaki qishlog’i) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan armiyada. Markaziy frontning 61-armiyasi, 81-o’qchi diviziyasi, 467-o’qchi polkining oddiy askari. 1943 yil 2 oktabrda Gomel oblastining Goyev rayoni, Glushes qishlog’i yaqinida Dnepr daryosini kechib o’tishda jasorat ko’rsatgan va 7 oktabrda jarohatdan vafot etgan. 1944 yil 15 noyabrda Qahramon unvoni berilgan. Semaki qishlog’ida dafn etilgan. Kattaqo’rg’on shahri va ingichka shaharchasidagi ko’chalarga nomi berilgan. Oqtosh, Kattaqo’rg’on shaharlarida byusti o’rnatilgan.