Xususiy ayblov

Xususiy ayblov — ayrim kategoriyadagi jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini yurgizish tartibi; bunday jinoiy ishlar, odatda, faqat jabrlanuvchining aybdorni javobgarlikka tortishni so’rab bergan shikoyat arizasi bilan qo’zg’atiladi. O’zbekiston Respublikasi jinoyat prosessual qonunida Xususiy ayblov tartibida ish ko’rish qisman mavjud bo’lib, u jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat ishlari asosidagina qo’zg’atiladi (O’zbekiston Respublikasi JK 118moddasining 1-qismi va 119-moddasining 1-qismi). Jabrlanuvchi nochor ahvolda qolganligi tufayli, ayblanuvchiga qaram bo’lganligi yoki boshqa sabablarga ko’ra, huquqini va qonuniy manfaatlarini shaxsan o’zi himoya qila olmaydigan favqulodda hollarda prokuror jabrlanuvchining arizasisiz ham jinoyat ishini qo’zg’atadi.