Xususiyat
Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini ko’rsatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. Xususiyat narsalarning o’zaro ta’sir va munosabatlari jarayonida o’zini namoyon etadi. Xossa Xususiyatni bilishda pog’ona bo’lib xizmat qiladi. Xususiyat barcha narsaga tegishli bulib, o’ziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sun’iy va sh.k. xossalarga ajratiladi. Xususiyat narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik bo’lmagan holda mavjud. Har qanday Xususiyat nisbiydir. Narsa va hodisalar Xususiyatlarini o’rganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.