YABLONOVIY TIZMASI

YABLONOVIY TIZMASI — Markaziy Baykal ortidagi tog’ tizmasi (Rossiya Federatsiyasi Chita viloyati, qisman Buryatiya Respublikasida). Yablonoviy tizmasi Janubi g’arbdan shimoli sharqqa 650 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 1680 metr. Tizma Baykal burmalanishi davrida shakllangan, paleozoy davri slaneslari, qumtoshlar, granit va boshqalar tog’ jinslaridan tashkil topgan. Muzloq tayga va chimli podzol tuproqlarda tilog’och, qora qarag’ay, kedr daraxtlari o’sadi, Janubiy yon bag’ri esa qora qarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan. 1200-1400 metrdan baland suvayirg’ich qismlari tog’tundra o’simliklari va qurumlar bilan band.