YADRO QUROLI

YADRO QUROLI — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat bo’lgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga bo’linishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir bo’lishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya to’pi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini ta‘minlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat.