Yagona modulli tizim
Yagona modulli tizim – M=100 mm.li asosiy modul va uning yiriklashtirilgan va kichiklashtirilgan hosilalaridan iborat bo’lgan holda qabul qilingan modulli tizim. Yagona modulli tizim, shuningdek, hajmiy-rejaviy va konstruktiv elementlar uchun hosilaviy modullar qo’llanishining chiziqli chegarini, modulli ajratuvchi o’qlarni joylashtirish va ularga konstruktiv elementlarni bog’lash qoidalarini, hajmiy-rejaviy parametrlarni unifikatsiyalash va buyumlarning nominal hamda konstruktiv o’lchamlarini belgilash bo’yicha ko’rsatmalarni o’rnatadi.