YAKOBSON ROMAN OSIPOVICH

YAKOBSON ROMAN OSIPOVICH [1896. 11(23).10, Moskva 1982, AQSh] rus va Amerika tilshunosi, adabiyotshunos. Moskva (Lazarev) Sharq tillari instituti (1914) va Moskva universiteti (1918)ni tugatgan. 1921 yildan xorijda. Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti professor. Moskva, Praga, Nyu-York tilshunoslik to’garaklariga, ruschex tilshunosi N.S.Trubeskoy (1890-1938) bilan hamkorlikda strukturalizmga asos slogan olimlardan. Asosiy ilmiy asarlari nazariy tilshunoslik, qadimiy slavyan tillari, eng avvalo rus tilini o’rganishga, she’riyatga bag’ishlangan. Yakobson ilk slavyan she’riyati va eposini, slavyan mifologiyasi va marosimlarini, qadimiy rus adabiyoti asarlari, 19-20-asrlar rus yozuvchidari, shuningdek, Dante, Shekspir, M.Eminesku, B.Brext va boshqalar ijodkorlar tili va uslubini ham o’rgangan.