YALPI ICHKI MAHSULOT
YALPI ICHKI MAHSULOT — mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo’shma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo’lib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi.