YANA

YANA — Saxa Respublikasidagi Daryo. Yuqori yana tizmasining shimoliy yon bag’irlaridan oqib tushuvchi Dulgalax va Sartang daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Shim.ga tomon oqa borib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uzunligi 1490 kilometr, havzasining maydoni 238 ming kilometr kvadrat. Kazache qishlog’idan o’tgach, Yana 5300 kilometr kvadratga yaqin maydonga ega bo’lgan Delta hosil qiladi. Asosan, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 1000 m3/sek. Oktabr o’rtalaridan may o’rtalarigacha muzlab yotadi. Yananing 890 kilometr qismida kema qatnaydi. Kema qatnovi atigi uch oy davom etadi. Yananing adicha (715 kilometr) va Bitantay (586 kilometr) kabi yirik va bir qancha mayda irmoqlari bor. Asosiy pristanlari: Verxoyansk, Batagay, UstKuyga; quyilish qismida — Nijneyansk porti.