YANGI ORLEAN

YANGI ORLEAN — AQShning Janub qismidagi shahar, Luiziana shtatida. Aholisi 473,7 ming kishi (2002). Missisipi daryosi deltasida, uning Meksika qo’ltig’iga quyilish qismidan 175 kilometr uzoqda joylashgan. AQSh Janubdagi eng yirik dengiz porti. Shahar pasttekislikda joylashganligi uchun atrofi suv toshqinlariga qarshi qurilgan dambalar bilan o’ralgan. Transport yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdomoliya va madaniyat markazi. Kemasozlik rivojlangan. Kema ta’mirlash, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy va alyuminiy oksidi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida tropik dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Untlar, muzeylar bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1718 yilda frantsuzlar tomonidan asos solingan. 18-asrda Ispaniya bosib olgan. 1800 yilda yana Fransuzlar qo’l ostiga o’tgan. 1803 yilda Yangi Orleanni AQSh frantsuzlardan Luiziana hududi bilan birga sotib olgan.