YANGI SHOTLANDIYA

YANGI SHOTLANDIYA — Kanadaning Janubiy-Sharqiy qismidagi provintsiya, Yangi Shotlandiya yarim oroli va KeypBreton orolida. Maydoni 55,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Ma’muriy markazi — Galifaks shahri Yangi Shotlandiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan provintsiya. Foydali qazilmalardan ko’mir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz va yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xo’jalik shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan. Bog’dorchilik rivojlangan. Yangi Shotlandiyaning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — frantsuzlar va inglizlar ko’chib borgan. Angliya — Frantsiya urushidan so’ng 1713 yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.