YANGIHAYOT

YANGIHAYOT — Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi shaharcha (1973 yildan). Temir yo’l stantsiyasi (To’ytepa). Aholisi 8,1 ming kishi (2004). Yangihayotda umumiy ta’lim maktabi, kutubxona madaniyat uyi, aloqa bo’limi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari bor. Umumiy ovqatlanish, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari aholiga xizmat ko’rsatadi. Poliklinika, dorixona, tish davolash punkti ishlab turibdi.