YARIM KUBIK PARABOLA
YARIM KUBIK PARABOLA — biror Dekart koordinatalar sistemasida u=ax2 ko’rinishidagi tenglama bilan aniqlanadigan 3-tartibli yassi egri chiziq. Koordinata boshi chiziq uchun qaytish qirrasi bo’ladi. Yarim kubik parabolaning o’tkirlik nuqtasi (“tumshug’i”) koordinatalar boshida yotadi. Yarim kubik parabola ingliz fizigi U. Neyl nomi bilan Neyl parabolasi deb ham ataladi (1657). U. Neyl Yarim kubik parabolaning yoy uzunligini topgan.