YARUS
YARUS — umumiy stratigrafik shkalaning bir qismi, geologik bo’limga tobe, stratigrafik zonalarga bo’linadi. Yarus bir geologik era mobaynida shakllangan tog’ jinslari qatlamlarini birlashtirib, Yer rivojlanishining ma’lum geologik etapini belgilaydi. Biostratigrafik analiz ma’lumotlari ya.ning hajmi va chegaralarini belgilovchi asosiy mezon (kriteriy) bo’lib xizmat qiladi. Yarus nomlari mahalliy joy nomidan olinadi. Ayrim hollarda Yarus chegarasini boshqa Paleobiogeografik oblastlarda aniq belgilab bo’lmaydi, bunday vaqtda parallel Yaruslar ajratiladi (masalan, Titon va Volga Yaruslari). Bir qancha sistemalar (kembriy, paleogen, neogen)da hozirgacha faqat mazmuniga ko’ra gorizontlarga yaqin bo’lgan regional Yaruslar ajratilgan.