YASHIN QAYTARGICH
YASHIN QAYTARGICH — turar joy va sanoat binolari, transport, kommunal xo’jalik va boshqalarning inshootlarini yashin urishidan saqlaydigan qurilma. Ingichka, uchli metall sterjen ko’rinishidagi elektrod (sterjenli Yashin qaytargich), elektr uzatish liniyalari ustidan tortilgan sim (tros) ko’rinishidagi (trosli Yashin qaytargich) va umumiy qarshiligi 10— 20 omdan oshmaydigan puxta yerga ulagichdan iborat. Yashin qaytargich himoya qilinadigan ob’yekt ustiga o’rnatidadi. Yashin qaytargichning ishi toj razryadiga asoslangan. Atmosferada momaqaldiroq bo’lgan vaqtda hosil bo’ladigan kuchli elektr maydon ya.q.nipg uchila toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida to’planishiga yo’l qo’ymay, ularni yerga o’tkazib turadi va binoni yashin zarblaridan saqlaydi. Yakka sterjenli Yashin qaytargichning himoya zonasi (ta’sir loirasi) shakli bo’yicha cho’qqisida 45° burchak tashkil etadigan konusga yaqin, yakka trosli Yashin qaytargichda himoya zonasi qirralari tros vazifasini o’tovchi uch qirrali prizma shaqtida bo’ladi. Elektr stansiyalarida yashin tokini yerga o’tkazib yuborish uchun yerga ulagich simdan foydalaniladi. Tunukasi yerga ulangan tunuka tomli binolar, Markaziy suv bilan isitiladigan, vodoprovod va yer ostidan elektr o’tkazilgan binolar yashindan yetarlicha saqlangan bo’ladi va ularga maxsus Yashin qaytargich o’rnatilmaydi. Ichida portlash xavfini vujudga keltiradigan aralashmalar, chang, bug’, gazlar hosil bo’ladigan binolarni himoya qilish uchun Yashin qaytargich binolardan nariroqqa o’rnatiladi. Shunda binolarning barcha qismlari Yashin qaytargichning ta’sir doirasida bo’ladi.