YASKAKSUV
YASKAKSUV — Tojikiston Respublikasining Sug’d viloyatidagi soy, Sho’rbuloqsoyning chap irmog’i. Uzunligi 20 kilometr, suv yig’ish maydoni 130 kilometr kvadrat. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridagi Usmon- Jaylov degan joydan (balandligi 2500 metr) boshlanadi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Qo’rg’ontepasoy, o’ngdan — Ko’lqo’tonsoy. Qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi (Shahriston qishlog’idan 2 kilometr yuqorida) 0,12 m3/sek. Aprel — avgust oylaridagi to’linsuv davrida suvi Shahriston qishlog’i dala ekinzorlarini sug’orishga sarflanadi.