YASOVULBOSHI

YASOVULBOSHI — Turkiston xonliklarida saroy mansablaridan biri. Masalan, Xiva xonligida Yasovulboshining qo’lida mirshabxona, qamoqxonalar, shuningdek, xonni qo’riqlash ishlari bo’lgan. Maxfiy farmonlar ham Yasovulboshi orqali o’tgan. Yasovulboshi ko’chmanchilardan tuzilgan askariy qismlarga qo’mondonlik qilgan. Yasovulboshi xonning farmoniga muvofiq askarni vaqtida urushga boshlab borishgan. Har bir ya.ning bir necha yordamchisi bo’lib, ular yasovumlar deb atalgan. Arznomani tekshirish uchun xondan farmon olgach, Yasovulboshi o’z yordamchilaridan birini shikoyatchiga qo’shib, hodisa yuz bergan joyga jo’natgan. Tekshirish ishlari tamom bo’lgandan keyin, Yasovulboshi saroydan boshlab bosilgan har bir tosh (18 chaqirim) masofa uchun arzchidan o’z foydasiga 3,5 tanga undirib olgan. Qadimda Yasovulboshida uning unvonini ko’rsatadigan kumush qalpoqlik aso bo’lgan, 19-asr oxirlarida esa Yasovulboshi kamariga pichoq taqqan.