YASPERS KARL

YASPERS KARL (1883.23.2, Oldenburg — 1969.26.2, Bazel) — nemis faylasufi, ekzistentsializm asoschilaridan biri, psixiatr. Germaniyaning bir necha untida tibbiyot va psixologiyani o’rgangan. 1921-37 va 1945 yildan Geydelberg universiteti, 1948 yildan Bazel universiteti professor. Yaspers ekzistentsializmi chegaraviy faoliyatlar to’g’risidagi ta’limotida yaqqol ko’rinadi. Uning fikricha, borliqning mohiyati insonga uning chuqur kechinmalari davri (qo’rquv, o’lim, mudhish jinoyat va boshqalar)da ayon bo’ladi. Insonning vujudga kelishi to’g’risidagi masalani Yaspers eng muhim masala deb hisoblab, inson hamma narsaning bevosita asosidir, olamdagi aloqadorlikning barcha turlari va barcha biologik taraqqiyot jarayoni odamning o’ziga emas, balki insoniy modda, insoniy materialga daxldor, degan fikrni ilgari suradi. Asosiy asarlari: “ekzistentsial falsafa” (1938), “haqiqat to’g’risida” (1947), “tarixning ma’nosi va vazifasi” (1949), “falsafaga kirish” (1950), “atom bombasi va insoniyatning kelajagi” (1958) va boshqalar