YAVORSKIY YEVGENIY GRIGOREVICH

YAVORSKIY YEVGENIY GRIGOREVICH (1909.16.2, Simferopol 1971.14.11, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1952). Ijodiy faoliyatini 1926 yil Simferopol drama teatrida boshlagan. 1934-58 yillar (orada tanaffuslar bilan) Turkiston harbiy okrugi teatri, 1958 yildan M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida aktyor. Yavorskiy yorqin, o’tkir xarakterli komik aktyor sifatida tanilgan, lekin lirik- dramatik rollar ham unga yaqin bo’lib, “kichik odamlar” obrazlarini me’yoriga yetkazib ijro etgan. Rasplyuev (“Krechinskiy to’yi”), Bartolo (“telba dunyo yoki Figaroning uylanishi”), Shmaga (“aybsiz aybdorlar”), Ser Endryu (“o’n ikkinchi kecha”), Robinzon (“Sepsiz qiz”), Martin (“ko’za ko’targan qiz”), Poloniy (“Hamlet”), Sorin (“Chayka”), Akim (“Zulmat hukmronligi”) kabi rollari bilan Shuhrat qozongan.