Yaxshi poyabzalni qanday tanlash mumkin? 8 ta oddiy maslahat
Oyoqlaringiz tolmasligi va og‘rimasligi uchun poyabzalni qanday tanlash kerakligini bilib oling. «Lifehacker.ru» sizga poyabzal do‘konida adashmaslik sirlarini o‘rgatadi.
- Poyabzalni kunning ikkinchi yarmida sotib olgan yaxshiroq, chunki odatda kechga borib oyoqlar ozgina shishadi. Ertalab sotib olingan poyabzal kechqurun oyoqni siqishi mumkin.
- Poyabzalni o‘lchab qo‘rishdan avval u bilan birga kiyishni rejalashtirayotgan paypoqni kiying. Misol uchun, krossovkalarni sinab ko‘rish uchun kapron paypoq kiymaslik kerak.
- Agar oyoqlaringiz turli uzunlikka ega bo‘lsa, poyabzalni katta oyoqning o‘lchamiga qarab oling.
- Oyoqning katta barmog‘i va poyabzal uchi orasidagi masofa taxminan 0,5-1,5 sm bo‘lishi kerak.
- Poyabzalni kiyib do‘konda yurib ko‘ring. Poshnaning mustahkamligini tekshiring. Poshna hech qayerga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Kelajakda poyabzal «tashlashi» yoki yumshoq bo‘lishiga umid qilmagan yaxshiroq. Bunday bo‘lmasligi ham mumkin.
- Poyabzalning o‘lchamiga urg‘u bermang. Turli ishlab chiqaruvchilarda o‘lcham ham farqli bo‘lishi mumkin. O‘z hissiyotingizga ishoning.
- Oyog‘ingizda qadoq paydo bo‘lmasligi uchun darhol poyabzalni ichkari tomondan tekshirib ko‘ring, sizning yurishingizga to‘sqinlik qiladigan biron-bir narsa yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
- Poyabzal poshnasi sirpanib ketmayotgani hamda siz tanlagan oyoqkiyim yurayotganingizda yaxshi amortizatsiya berayotganini tekshiring.