YAYLA
YAYLA (turkcha — yozgi yaylov) — Qrim tog’lari tarkibidagi qator yassi platosimon tepalar. Balandligi 1545 metrgacha (romankosh tog’i). Ayrim Yaylalar Maxsus nom bilan ataladi: Babugan Yayla, Aypetri Yaylasi, Yalta Yaylasi; Sharqiy qismida balandligi 700 metrgacha bo’lgan Chatirdog’, Qorabi, Demerji Yaylalari va boshqalar ba’zan, Qrimdagi barcha yozgi tog’-yaylovlarini Yayla deb ataydilar. Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tashkil topgan. Yaylaning yassi o’rmonsiz toshli yuzalarida ko’plab karst voronkalari uchraydi. Yaylalarda Qrim yarim orolining boshqa qismlariga nisbatan temperatura pastroq, o’rtacha yillik temperatura 4-6°. Iyulning o’rtacha temperaturasi 15°, yanvarniki -4°. Yiliga 600-1000 millimetr yog’in tushadi. Yon bag’irlarida, ayniqsa, shimolda tog’-o’rmon landshaftlari mavjud. Yaylalar yaylov sifatida va turizm maqsadlarida foydalaniladi.