Yaylov
Yaylov – 1) tog`lardagi yozgi o`tloq, alp va subalp o`tloqlari. Odatda tog`larning yassi, o`rmonsiz tepaliklarida bo`ladi. O`rta Osiyo tog`larida 2000-3000 m balandlikda bo`ladi. Iqlimi sernam, yozi salqin, qishi qorli. O`simliklari qoramtir, qora tuproqlarda o`suvchi o`tloq, o`tloq-dasht o`simliklaridan iborat. Eng katta yaylovlar Susamir, Oloy vodiylarida bor; 2) Har qanday o`tloq, mol o`tlab, yoyilib yuradigan joy.