YEFREMOVA KLAVDIYA GRIGOREVNA

YEFREMOVA KLAVDIYA GRIGOREVNA (1916.7.11, Perovsk, hozirgi Qizilo’rda — 2000.12.7, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1959). Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist (1943). 1936— 41 yillarda Qirg’iziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941-43 yillarda Prjevalsk teatrida, 1943-47 va 1951-52 yillarda Frunze (hozirgi Bishkek) drama teatrida, 1952-2000 yillar O’zbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari ta’sirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: marta (“Baliqchining o’g’li”), Lyusya, Tanya, Valya (“Sargardonlik yillari”, “Tanya”, “Irkutsk voqeasi”), Xolisxon (“paranji sirlari”), Chjou fan-i (“tayfun”), Alina (“qashshoq qalb egasi”), Kolsova (“Favqulodda elchi”), Eleyn Bendshal (“Qonli sarob”), Mariya (“Mariya”), Matisa (“uchovlon”) va boshqalar.