YELKANTEPA
YELKANTEPA, Elkendepe — Kopetdog’etaklari (Turkmaniston)da joylashgan jez davri arxeologik yodgorligi. Qishloqda hayot miloddan avvalgi 7-6-asrlarda taraqqiy etgan. Bu davrda qishloq markazida balandligi 6 metr, diametri 130 metrga yetadigan Hisor qad ko’targan. Hisorning atrofidagi 500×290 metrga cho’zilgan maydonda atrofi devor bilan o’rab olingan aholi turar joylari joylashgan. Devor oldiga xandaq qazilgan. Keyinchalik Yelkantepadagi aholi ko’payib, qishloqning kengayishi tufayli u yangi devor bilan o’ralgan. Yelkantepadagi mudofaa devorlari qo’shaloq bo’lib, umumiy qalinligi 10,5 metrga yetgan, devorlarning orasida kengligi 6 metrli yo’lak bo’lgan. Shunday devor Hisor atrofiga ham qurilgan. Ular to’g’ri burchakli xom g’ishtdan bunyod etilgan. Yelkantepadan temirdan (pichoqlar, yponyiap), jezdan (paykonlar), toshdan (yorg’uchoqlar) qilingan buyumlar, mis eritish, temirni qayta ishlash ustaxonalari qoldiqlari saqlangan.