YELLOUSTON

YELLOUSTON – AQShning shimoli- g’arbidagi daryo, Missuri daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 1200 kilometr, havzasining maydoni 182,3 ming kilometr kvadrat. Qoyali tog’lardan boshlanadi. Yuqori oqimida Yellouston milliy parki qududidan chuqur Kanon (360 metrgacha) va sharsharalar hosil qilib oqadi; quyi oqimida — tekislik daryosi. O’rtacha suv sarfi 365 metr kub/sekund. Bahor — yoz oylarida to’lib oqadi. Sug’orishda foydalaniladi.