YELPIG’ICH DUMLI QUSHLAR

YELPIG’ICH DUMLI QUSHLAR, yangi qushlar (Ornithuare, ya’ni Neornithes) — qushlar kenja sinfi. Arxeopteriksdan tashqari hamma qushlarni o’z ichiga oladi. Tumshug’i muguz bilan qoplangan, umurtqalari egarsimon (geterosel), oxirgi dum umurtqalari o’zaro qo’shilib pigostilni hosil qiladi. Bu joyga dum patlari Yelpig’ich hosil qilib birikadi (Yelpig’ich Dumli qushlar nomi shundan olingan), qanotlaridagi barmoqlari skeleti o’zaro birikkan va qisman reduktsiyaga uchragan, miyasi yirik va murakkab tuzilgan. Zamonaviy tasnifga binoan tishli qushlar, suzuvchi qushlar, ixtiornislar va yangi tanglayli qushlar katta turkumlariga bo’linadi, 34 turkum va 9600 (jumladan hozirgi 8660) turni o’z ichiga oladi. Barcha muhit — suv, havo, quruushk, hatto qisman yer osti muhitini egallagan (guaxaro va salangalar g’orlarda yashaydi). Odatda yaxshi uchadi, ko’pchiligi quruklik yuzasida va suvda yashaydi. Ayrim turlari ikkilamchi tarzda uchish qobiliyatini yo’qotgan. Yelpig’ich Dumli qushlarning xatti-harakati juda murakkab bo’lib, mukammal tovush va ko’rish signallariga ega; ovozi, patlarining rangi va shakli xilma-xil bo’ladi. Ular ancha mukammal tuzilishga ega bo’lgan koloniya, tuda, doimiy juft va boshqa uyushmalar hosil qiladi.