YELYUY CHUSAY
YELYUY CHUSAY (1189.3.8-1243.2.6) – Xitoydagi yuan (mo’g’ul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi. Kidoshyurnij Lyao saltanati hukmdorlari avlodidan. 1214 yil chjurchjenlarning Szin davlati hokimlari tomonidan Pekin shahar noibligiga tayinlangan. Mo’g’ullar tomonidan Pekin bosib olingandan (1215) keyin Chingizxonning xizmatiga o’tgan. Markaziy Osiyoga (1219) va Hindistonga (1224) qilingan bosqinchilik yurishlarida Chingizxonga hamroh bo’lgan. Chingizxon vafotidan so’ng mo’g’ul xonlaridan O’qtoyxon va Xubilaynnng eng yaqin maslahatchisi bo’lgan. Mo’g’ullar bosib olgan erlarda turli xil soliq, to’lovlar tizimini joriy etishda katta rol o’ynagan. “G’arbga qilingan sayohat xotiralari” asarida safar taassurotlarini bayon etgan. Asar mo’g’ullar bosqini davrida Movarounnahr haqida ko’plab tarixiy, geografik, etnografik ma’lumotlarga boy.