YENSEN (JENSEN) YOXANNES VILGELM
YENSEN (JENSEN) YOXANNES VILGELM (1873.20.1, farse, Yutlandiya — 1950.25.11, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi. Yensenning ilk romanlari “daniyaliklar” (1896) va “Eynar Elker” (1898). “Ximerland tarixlari” (1898— 1910) hikoyalar to’plamida Yensen Shimoliy Yutlandiya tabiati, aholisining turmushini tasvirlagan. “Qirolning qulashi” (1-3-qismlar, 1900-01) tarixiy romani o’rta asrdagi Daniya dehqonlarining ijtimoiy adolat uchun kurashi to’g’risida. Yensen gotik irq deb atalmish irqqa qayta hayot baxsh etishni targ’ib qildi. Yozuvchining irqiy-biologik nazariya bilan qiziqishi “Olis yo’l” epopeyasida o’z ifodasini topdi (1-6-qismlar, 1908-22) va shu asari uchun Yensen Nobel mukofoti laureati bo’ldi (1944). “D.’Ora xonim” (1904) va “g’ildirak” (1905) romanlarida kapitalistik Amerika hayotiiing haqqoniy manzaralari berilgan. Yensen “She’rlar” (1906), “afsonalar” (1907-44), “yillar daqiqasi” (1923), “Yutlandiya shamoli” (1931) tuplamlari muallifi. Yensen ijodiga realizmni modernistik uslub bilan uyg’unlashtirish xos.