YENSEN (JENSEN) YOXANNES XANS DANIEL

YENSEN (JENSEN) YOXANNES XANS DANIEL (1907.25.6, Gamburg — 1973.11.11, Geydelberg) — nemis nazariyotchi fizigi. Gamburg universitetini tugatgan (1932). Ilmiy ishlari atom yadrosi nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Fanga Spin-orbital bog’lanish tushunchasini kiritgan. M. Geppert-Mayerazya mustaqil ravishda yadroning qobiq modelini ishlab chiqqan. Kristallarda ionlarning o’zaro ta’sirlashishini o’rgangan va kristallar to’liq energiyasining atomlararo masofaga bog’liqligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1963).