YER KODEKSI

YER KODEKSI — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi O’zbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat ko’rsatmalari asosida olib borilgan. O’zbekistonda birinchi marta Yer kodeksi 1927 yilda qabul qilingan, 1929 yilda esa Yer kodeksi o’rniga yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970 yil 25 sentabrda yangi Yer kodeksi qabul qilinguniga qadar amalda bo’ldi. 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Yer to’g’risida”gi yangi qonuni 1991 yil 1 yanvardan amalga kiritildi. O’zbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksini tasdiqladi (1998 yil 1 iyuldan amalga kiritildi). O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 91 moddani o’z ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Yer kodeksi va yer to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik bo’lgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Qosimjon Rahmonov.