Million yillar oldin yerda ulkan kaltakesaklar-dinozavrlar yashashgan. “Dinozavr” so’zi yunoncha bo’lib, kuchli, dahshatli, og’ir vaznli kaltakesak ma’nosini beradi. Biroq ko’pgina olimlar bu istiloh unchalik to’g’ri emas, degan fikr bildirishadi, chunki bahaybat kaltakesaklardan tashqari ot, quyon hatto qo’shoyoqday keladigan o’lchamdagi dinozavr qoldiqlari topilgan. Uzoq yillar dinozavrlar sayyoramizda yashagan eng birinchi hayvonlar, deb hisoblab kelindi, bu haqiqatga uncha to’g’ri kelmaydi. Yangi Zelandiyada hozir ham “ilk kaltakesak” — protozavrlarning yakkayu yagona vakili, tashqi qiyofasi dinozavrlarga qadar o’n millionlab yil burun yashagan hayvonlarning tashqi qiyofasini saqlab qolgan gatteriy yashaydi. Bizga yaxshi tanish bo’lgan toshbaqalar 200 million yil oldin paydo bo’lgan, demak, ular ham dinozavrlardan oldin yashagan. Ustiga ustak toshbaqalar bu davrda juda oz o’zgargan. Qurbaqalarning ham ko’plab turini dinozavrlarning zamondoshi, deb sanashadi. Baliqlarning bir talay turlari, masalan, akulalar, skatlar (dumi ingichka, yapaloq dengiz balig’i), ilonbaliqlar, bakrabaliqlar ham sayyoramizga dinozavrlar xo’jayinlik qilgunga qadar paydo bo’lgan. Asrimiz boshlarida Indoneziyaning Komodo orolida uzunligi 3 metrdan ziyod ulkan “ajdarholar” — echkiemar kaltakesaklar yashagani aniqlangan, ayrimlariniki (ba’zi ma’lumotlarga qaraganda) 4 — 5 metrga etgan. Hind okeanidagi Komor orollari yaqinida shokila baliq — tselakantani topishganki, uni yuz million yil oldin nobud bo’lgan, deb hisoblashadi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
