YERMOLOVA MARIYA NIKOLAYEVNA
YERMOLOVA MARIYA NIKOLAYEVNA (1853-1928) — rus aktrisasi. Rossiya xalq artisti (1920), mehnat qahramoni (1924). 1871 yildan kichik teatrda ishlagan. Fojiaviy rollar ustasi. Yermolova ijodining ahamiyati rus va jahon teatri san’ati tarixida nihoyatda buyukdir. U qatnashgan har bir spektakl ijtimoiy hodisaga aylangan. Asosiy rollari: Mariya Styuart (“Mariya Styuart”), Ioanna D’Ark (“Orlean qizi”), Kruchinina (“aybsiz aybdorlar”), Ofeliya, Ledi Makbet (“Hamlet”, “Makbet”) va boshqalar. O’z qahramonlari obrazini otashin ehtiros, chuqur psixologizm, haqqoniylik bilan ifodalagan.