YERYOMENKO VIKTOR EMELYANOVICH

YERYOMENKO VIKTOR EMELYANOVICH (1901.24.8, hozirgi Ukraina, Nikolayev viloyati — 1962.9.6, Toshkent) — agronom olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1956), professor (1954). Krasnodar qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1936). Soyuznixida ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1942-54), Toshkent qishloq xo’jaligi inti umumiy dehqonchilik va qishloq xo’jalik melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1954-61), ayni paytda O’zSSR qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari (1954-56). Yeryomenkoning ilmiy ishlari g’o’za, beda va boshqa ekinlar agrotexnikasi masalalariga bag’ishlangan.