Yetim

Yetim-ota-onasi yoki ulardan biri o’lib, ulardan judo bo’lgan farzand. Xalq orasida ota-onasi vafot qilib, yolg’iz qolgan bola “chin yetim”, onasi bilan qolgan bola “gul yetim”, otasi bilan qolgan bola “shum yetim” deb, shuningdek, ayrim hollarda otasi hamda onasi tomonidan tashlab ketilgan bolalar “tirik yetim”lar deb atalgan. O’rta Osiyoning ayrim viloyatlarida yetim “sag’ir” deb ham atalgan.