Yetimxona
Yetimxona-ota-onasiz va qarovsiz bolalar uchun ochilgan muassasa. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda. O’rta Osiyo xonliklari hududiga bekliklarda va yirik shaharlarda ham yetimxona bo’lgan. Jumladan, Qo’qon xonligi arxivi materiallaridan topilgan “Sag’ira”, “Qullar” deb nomlangan daftarlar shundan dalolat beradi. Xonliklardagi yetimxonalarning asosiy maqsadlaridan biri, bu itoatkor, sadoqatli xizmatkorlar va navkarlarga ega bo’lish bo’lgan.