YEVKLID GEOMETRIYASI

YEVKLID GEOMETRIYASI — miloddan avvalgi 3-asrda Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (to’g’ri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu to’g’ri chiziq b-n kesishmaydigan faqat bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi 5 guruh (bog’lanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik, harakat va nuqta, to’g’ri chiziq va tekislik orasidagi munosabatlarga suyanadi. Yevklid geometriyasi birinchi marta izchil ravishda Yevklid “Negizlari”da bayon etilgan. Yevklid geometriyasidan farkli geometriyami birinchi marta rus geometri N. I. Lobachevskiy yaratdi. Yevklid geometriyasi o’rta maktabda o’qitiladi va “elementar geometriya” deb ataladi.