YEVPATIY KOLOVRAT

YEVPATIY KOLOVRAT (13-asr) – yarim-afsonaviy Bahodir, ryazanlik boyar. 1237/38 yilning qishida “polk”i (1700 kishi) bilan Vladimir-Suzdal erida mo’g’ullarni mag’lubiyatga uchratgan. Jangda halok bo’lgan. “Ryazanning Botu tomonidan vayron qilinishi haqida hikoyalar” (14-asr 1-yarmi)da Yevpatiy kolovratning qahramonligi bayon etilgan.