YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI

YEVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (YEIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957-yilda Rim shartnomasiga ko’ra tuzilgan, ba‘zida ―Umumiy bozor‖ deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot a‘zosi bo’lgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yildan), Gretsiya (1981-yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986- yildan) qo’shilgan. YEIH qit‘ada – iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko’tarish yo’li bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993-yil Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism bo’lib kirdi.