YILLIK PARALLAKS
YILLIK PARALLAKS (Yunoncha parallaxis — og’ish) — yerning Quyosh atrofida aylanishi sababli yulduzlar vaziyatlarining yillik ko’rinma o’zgarishi. Yerdagi kuzatuvchidan yulduzgacha bo’lgan masofani aniqlashda qo’llaniladigan kattalik. Gipotenuzasi Quyoshdan biror yulduzgacha bo’lgan masofaga, kichik kateti erning katta yarim o’qiga teng bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning kichik burchagi shu yulduzning Yillik parallaks bo’ladi. Yillik parallaks yoyning bir sekunddan (1″) kam bo’lib, undan uzoq masofalarni o’lchashda foydalaniladi.