YILQI
YILQI — otlar podasi, ot to’dasi, uyur. Yaylov yilqichiligi rivoj topgan O’zbekistonning tog’li va cho’l-dasht hududlarida Yilqi uyuri yil davomida (qishning qalin qorli sovuq kunlaridan tashqari) yaylovda asraladi va boqiladi. Biyalar uyuri 25-30 va undan ko’proq Yilqi va 6-8 oygacha bo’lgan qulunlardan tashkil etiladi. Qochirish mavsumi boshlanishida har bir uyurga bittadan naslli ayg’ir qo’yiladi. Yilqi uyuri uchun ayg’ir yetakchilik vazifasini bajaradi.