YODNOMA

YODNOMA — qadimgi turkiy xalqlar badiiy ijodining bitiktoshlar (epitafiya) tarzidagi janri; turkiy Run (urxun yenisey yozuvlari) yozuvida bitilgan, milodiy 68 asrlarga mansub (masalan, Bilga xoqon bitiktoshi, Kultegin bitiktoshi va boshqalar). Yodnomalarning nasriy va epik turlari bor. Nasriy Yodnomalarda misralar so’ngida qofiya va she’riyatning yagona belgisi bo’lgan band yo’q (“Devonu lug’otit turk”, Alp Er To’nga marsiyasi). Epik Yodnomalar memuar shaklida ham yozilgan (To’nyuquq bitiktoshi). Bu Yodnomalarda turk xoqonligining kelib chiqishi, rahbarlik tizimi, harbiy yurishlar, mamlakatning ahvoli aks etgan bo’lib, siyosiy ruh kuchli; ichki va tashqi kurash tasvirlangan. Xoqonlikning Xitoy hukmronligidan ozod etilishi aytilgan. Yodnomalarning ba’zi xususiyatlari keyinchalik og’zaki va yozma ijodda rivojlantirilgan. Ad.: Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982; Rasionov N., Turk xoqonligi, T., 1993.