Yog’och qatroni
Yog’och qatroni – yog’ochni quruq haydash (piroliz qilish)da hosil bo’ladigan jigarrang-qora rangli yopishqoq suyuqlik. Igna bargli yog’och navlarida qatron parchalanish mahsulotlaridan tashqari tabiiy smola miqdoriga ham ega bo’ladi. Piroliz qilishda yog’och qatroni 10% dan 12% gacha bo’lgan miqdorda chiqadi; jarayon ekzotermik xarakterga ega bo’lgan parchalanish reaktsiyalarining 400 dan 500oC gacha bo’lgan haroratning retorlarida kechadi. Hozirgi vaqtda pechlar yog’ochning vintli harakatlanishi va asosiy piroliz mahsuloti-ko’mirni mexanik tushirish bilan uzluksiz kuydirish uchun ishlatiladi.