YOG’OCH QURILMALAR

YOG’OCH QURILMALAR yog’ochdan ishlangan qurilish qismlari. Ba’zilariga metall qo’shib tayyorlanadi. Vazifasiga ko’ra, yuk ko’taruvchi devor va yuk tushmaydigan pardevor (1rasm); turiga qarab, to’sin, ferma, ravoq, rom, qubba, qobiq ko’rinishidagi qismlar; o’zaro biriktirilishiga ko’ra, mix, mixcho’p va boltlar bilan hamda yelimlab biriktiriladigan xillarga bo’linadi. Yog’och qurilmalar qurilish qismlarining qadimgi turlaridan biri. Qadimda yog’och mix ishlatilgan yoki hech qanday mix ishlatmasdan qilingan. Masalan, sinch devorlarga, ravoqlarga mix ishlatilmagan. Yog’och qurilmalar arka va to’sin shaklida yaxlit qilib yoki g’o’la, taxta, fanerdan ferma shaklida quriladi. Hozirgi zamon qurilishlarida birbiriga mixlar yordamida mahkamlanadigan va elimlab yopishtiriladigan Yog’och qurilmalar ko’p qo’llaniladi.